← Barcha loyihalarga qaytish

Madaniyat Taksi

Pilot rejimida

Kichik hudud (qishloq/tuman) miqyosida ishlaydigan taksi va xarid xizmati. Uchta ilova bor: Madaniyat Tezkor — yo'lovchi va xaridor uchun, Tezkor Haydovchi — haydovchi va yetkazuvchi uchun, Tezkor Sotuvchi — do'kon va kafe egalari uchun.

Asosiy funksiyalar

GPS orqali avtomatik masofa va narx hisoblash
Telefon raqami va Telegram bot orqali kirish
Xarid: do'kon va kafelardan buyurtma berish, yetkazib berish
Sotuvchi ilovasi: do'kon, mahsulotlar va buyurtmalarni boshqarish
Ilova ichidan qo'ng'iroq qilish — bitta tugma bilan operator/haydovchiga bog'lanish
Haydovchi balansi va komissiya tizimi — avtomatik nazorat
Lotin va kirill yozuvlari o'rtasida almashish imkoniyati

Holati

Holati: Pilot rejimida — ilovalar serverda ishlab turibdi, operatorlar veb admin panel orqali boshqaradi. Keng ommaga hali taqdim etilmagan. Ilova o'zi yangilanadi: yangi versiya chiqqanda telefonda "Yangilash" oynasi chiqadi.
Madaniyat Tezkor (yo'lovchi) ↓ Tezkor Haydovchi ↓ Tezkor Sotuvchi ↓ Loyiha haqida so'rash

Android 7.0 va undan yuqori. Havolalar har doim eng so'nggi versiyani yuklaydi. O'rnatishda telefon "noma'lum manbalardan o'rnatish"ga ruxsat so'rashi mumkin.