← Barcha loyihalarga qaytish

Maktabim

Faol rivojlanmoqda

Maktablar uchun to'liq boshqaruv ekotizimi: o'quvchilar va ota-onalar uchun mobil ilova, maktab rahbariyati uchun esa kompyuterdan kirib boshqarish mumkin bo'lgan veb-monitoring va admin dashboard. Ilgari "Boburiy maktab ilovasi" nomi bilan boshlangan loyihaning ancha rivojlantirilgan, mustaqil versiyasi.

Asosiy funksiyalar

Dars jadvali va topshiriqlar — o'quvchi va ota-ona uchun real vaqtda ko'rinadi
Baholar tizimi — fan bo'yicha baholarni kuzatish
GPS orqali davomat nazorati — maktabga kelish/ketish avtomatik qayd etiladi
Bildirishnomalar — muhim e'lonlar mobil ilovaga darhol yetkaziladi
Veb-admin dashboard — rahbariyat uchun kompyuterdan to'liq monitoring va boshqaruv paneli
Xavfsiz parollar — administrator tomonidan boshqariladigan, shifrlangan login ma'lumotlari

Holati

Holati: Faol ishlab chiqilmoqda. Mobil ilova va veb-admin dashboard tayyor holatga yaqinlashmoqda, ma'lum bir maktabga moslashtirib joriy etish bosqichida.
Demoni sinab ko'rish Savol berish